Isroil harbiy xizmatchisi kriptovalyuta evaziga Eron foydasiga josuslikda ayblandi
Isroil harbiy prokuraturasi payshanba kuni askarga ayblov qo‘ydi; maxsus xizmatlar ma’lumotlariga ko‘ra, u taxminan bir yil davomida Erona o‘z qismi, armiyaning jangovor tayyorgarligi va harbiy obyektlar haqidagi ma’lumotlarni uzatib, buning evaziga kriptovalyutada to‘lov olgan. Ayblov tarkibiga dushmanga ma’lumot uzatish va xorijiy agent bilan aloqa kiradi; sentabrda hibsga olingan askar kamida 12-noyabrgacha qamoqda qoladi.
Otabek Yusupov