Shayx Abdulla Avstraliya va Latviya tashqi ishlar vazirlari bilan mintaqaviy vaziyatni muhokama qildi
BAA bosh vazir o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Shayx Abdulla bin Zayd 27-oktyabr Avstraliya tashqi ishlar vaziri Penni Vong va Latviya tashqi ishlar vaziri Bayba Braje bilan telefon orqali muzokara o‘tkazdi. Wam davlat agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, avstraliya tomoni bilan mintaqaviy va xalqaro voqealar, Latviya tomoni bilan esa o‘zaro qiziqish mavzulari muhokama qilindi.
Otabek Yusupov