O‘zbekistonlik olima Shahlo Turdikulova Jahon fanlar akademiyasi vitse-prezidenti etib saylandi
Biolog Shahlo Turdikulova TWAS kengashi tarkibiga oltita vitse-prezidentdan biri sifatida kirdi va 2027-yil 1-yanvardan lavozimga kiradi. Natijalar akademiya a’zolarining ovozi bilan aniqlangan. Kengashda u strategik yo‘nalishlarni belgilash va xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirishda ishtirok etadi.
Aziz Karimov