Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiyaning havo mudofaasi Ar-Riyod tomonga uchayotgan husiylarning ballistik raketasi urib tushirdi
Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya rasmiy vakili Turkiy al-Maliki Yaman ‘Ansor Alloh’ harakati Ar-Riyod tomonga otgan ballistik raketaning havo mudofaasi vositalari tomonidan ushlanib, yo‘q qilinganini ma’lum qildi. Bu husiylarning so‘nggi kunlardagi hujumlar silsilasi fonida yuz berdi: shahzoda Xolid aeroportiga zarba, raketa bo‘laklarining Makka va Madina yaqiniga tushishi hamda Adendagi harbiy obyektlarga hujum.
Aziz Karimov
















