FIS yana 11 rossiyalik chang‘ichiga neytral maqom berdi
Xalqaro chang‘i va snoubord sporti federatsiyasi 11 rossiyalik chang‘ichi — yetti erkak va to‘rt ayolga neytral maqomni tasdiqladi. Avvalroq ruxsatni, jumladan, olimpiada chempioni Natalya Terentyeva ham bo‘lgan 24 sportchi olgan edi. Neytral maqom barcha startlarda qatnashishni kafolatlamaydi — aniq musobaqalarning shartlariga javob berish talab etiladi.
Otabek Yusupov

