Moskvaning uch aeroportida samolyotlarni qabul qilish va uchirish vaqtincha cheklandi
Rossaviatsiya parvozlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida Vnukovo, Domodedovo va Jukovskiy aeroportlarida vaqtincha cheklovlar joriy etdi. Bungacha Moskva meri Sergey Sobyanin poytaxtga yaqinlashayotgan sakkizta dron yo‘q qilinganini ma’lum qilgan edi. Yo‘lovchilarga reyslar kechikishi bilan bog‘liq huquqlari tushuntirildi.
Otabek Yusupov