Janubiy Afrika 696 vagonli, 7,6 km uzunlikdagi yuk poyezdini sinovdan o‘tkazdi va jahon rekordiga da’vo qilmoqda
Janubiy Afrika davlat kompaniyasi Transnet dunyodagi eng uzun yuk poyezdini sinovdan o‘tkazganini ma’lum qildi: 696 vagonli, 7,6 km uzunlikdagi tarkib Saldanha qo‘ltig‘idan temir rudasi koniga qadar 860 km yo‘l bosdi. 2001-yildagi oldingi rekord Avstraliyaga tegishli edi.
Aziz Karimov






