«Chanchjen-6A» raketasining uchirilishidan so‘ng Buyuk Xitoy devori ustida «kosmik meduza» paydo bo‘ldi
Xitoyning «Chanchjen-6A» raketasining Tayyuan kosmodromidan uchirilishidan so‘ng Shansi provinsiyasi osmonida meduzani eslatuvchi yorug‘ gumbazsimon bulut paydo bo‘ldi. Tashuvchi raketa «Yaogan-50 03» masofadan zondlash sun’iy yo‘ldoshini orbitaga chiqardi. Hodisa chiqindi gazlarning yuqori atmosfera qatlamlarida kengayishi bilan izohlanadi.
Otabek Yusupov


