Polşaning Radom şahrida kadrlar xodimi va uç ukrainalik odam savdosida sudlanmoqda
Radomdagi Okrug sudida odam savdosida ayblanayotgan kadrlar agentligi xodimi va uçta Ukraina fuqarosi sud oldiga çiqarildi. Tergov versiyasiga köra, qurbonlar narkokartellardan qoçib Ispaniya orqali Polşaga kelgan Kolumbiya fuqarolari bölgan; ulardan hujjatlar olib qöyilgan, harakati çeklangan va oyiga taxminan 370 dollar maoşga majburiy mehnatga solingan. Ayblanuvçilarga uç yildan yigirma yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tahdid qilmoqda.
Otabek Yusupov