Surxondaryo viloyatida Qizil kitobga kiritilgan ayiqni noqonuniy ovlash bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi
Samarqandda o‘tkazilgan reyd davomida Niva Legend avtomobili to‘xtatildi, uning bagajida Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘ining va uchta yovvoyi qabonning tana qismlari, shuningdek beshta ov quroli topildi. Hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar 679,8 mln so‘m deb baholandi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 202-moddasi 3-qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Otabek Yusupov