Discord ommaviy serverlardagi suhbatlarni internetda qidirish imkonini beradi
16 noyabrdan boshlab har bir Discoverable Server veb-sahifaga ega bo‘ladi, dekabr o‘rtalaridan esa ommaviy kanallardagi ayrim xabarlar qidiruv natijalarida paydo bo‘lishi mumkin. Foydalanuvchilar o‘z xabarlarining ommaviy ko‘rinuvchanligini o‘chirishi mumkin, kanallarni administratorlar tanlaydi, ayrim mamlakatlarda funksiya standart holda o‘chirilgan.
Otabek Yusupov