Toshkent va viloyatning beshta tumanida issiqxonalarga maxsus ekorejim kiritiladi: 1-dekabrdan qattiq yoqilg‘i cheklanadi
O‘zbekiston hukumatining 2026-yil 22-oktabrdagi №586-sonli qarori bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyatining beshta tumanida issiqxona xo‘jaliklari uchun maxsus ekologik rejim joriy etildi. Isitish tizimiga ega issiqxonalar tabiiy gaz, elektr, geotermal va quyosh energiyasi yoki issiqlik elektr stansiyalarining ikkilamchi issiqligidan foydalanishi shart; qattiq yoqilg‘ida ishlaydiganlar 2026-yil 1-dekabrgacha bu manbalarga o‘tishi yoki bir qator qat’iy talablarni bajarishi kerak. Gektariga 50 mln so‘mgacha subsidiya, imtiyozli kreditlar va CEMS stansiyalariga muddatli to‘lov nazarda tutilgan.
Javlon Tursunov