Putin Tarkett va yana to‘rt yevropa kompaniyasining aktivlarini vaqtinchalik boshqaruvga o‘tkazdi
RF prezidenti Vladimir Putin fransuz pol qoplamalari ishlab chiqaruvchisi Tarkett, shuningdek «Kappa Rus», «Ontex RU», «Eviosys Packaging Kuban» va «Menshen Packaging CIS» kompaniyalarining Rossiya aktivlarini majburiy olib qo‘yish to‘g‘risida farmon imzoladi. Kompaniyalarning yillik umumiy tushumi 50 mlrd rubldan (taxminan 532 mln yevro) oshadi. Boshqaruvchi etib 2026-yil fevralida ro‘yxatga olingan «Centr Kapital» tayinlandi.
Otabek Yusupov


