Oybek Tursunov Perfectum bosh ofisini va operatorning boshqa aktivlarini deyarli 100 mlrd so‘mga sotib olmoqda
Rubicon Wireless Communication AJ (Perfectum brendi) aksiyadorlari 16-oktyabr kuni tadbirkor Oybek Tursunovga Toshkent markazidagi ko‘chmas mulk va 2012 dona asosiy vositani QQS bilan jami 98,37 mlrd so‘mga sotishni yagona ovoz bilan ma’qulladi. Bitim VEON guruhi operator aksiyalarining 100 foizini sotib olishini e’lon qilishidan uch kun oldin tasdiqlangan.
Otabek Yusupov

