Pedagoglarning kuzgi attestatsiyasi: 302 mingdan ortiq o‘qituvchi ariza topshirdi
26-oktyabrdan O‘zbekistonda pedagoglarning kuzgi attestatsiyasi boshlandi. Jami 302 422 murojaat kelib tushdi, 240 mingdan ortig‘i (79,4 foiz) qabul qilindi. Testlar 2526 kompyuterli 13 maxsus markazda o‘tkaziladi; sana va joy qatnashchilarga pedagog.uzedu.uz saytidagi shaxsiy kabinetida ko‘rinadi.
Otabek Yusupov
