Oregon aeroporti yaqinida ikki vertolyotning havoda to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
Payshanba kuni tush vaqti Oregon shtatidagi Makminnvil aeroporti yaqinida Robinson R22 va Airbus vertolyotlari havoda to‘qnashdi. Ikkala apparat shosse yo‘li yonidagi dalaga quladi, uch kishi halok bo‘ldi, jumladan Texaslik instruktor va Buyuk Britaniyalik kursant. Fojia sababi hozircha aniqlanmagan, tekshiruvni FAA va NTSB olib bormoqda.
Otabek Yusupov
