100 dan ortiq qirğizistonlik umra safarida Toşkentda qolib ketdi
Qirğizistonning 104 fuqarosi 12-noyabrdan buyon Toşkentdan Saudiya Arabistoniga umra safariga uça olmayapti. Ziyoratçilarning aksariyati — Jalolobod va Botken viloyatlaridan bölgan qariyalar. «Nur-Umra» kompaniyasi ularga har biri qöşimça 400 dollar tolaşni taklif qildi, biroq ular safar uçun allaqaçon pul tölagani uçun bu taklifni rad etdi. Qirğiziston va Özbekiston muftiyatlari kompaniyaga nisbatan şikoyatlar hamda ziyoratçilarni röyxatga olişdagi qonunbuzarliklarni tasdiqladi.
Otabek Yusupov