Rapper Navaining Moskvadagi konserti 8-noyabrga surildi
Dastlab 22-oktabrga rejalashtirilgan rapper Navaining Moskvadagi chiqishi 8-noyabrga surildi va soat 20:00da VK Stadium maydonida bo‘lib o‘tadi. Surilish sanatkorning Qozog‘istonda qo‘lga olinishi bilan bog‘liq: sud uni ikki oyga qamoqqa olgan edi, biroq 20-oktabrda ish yopilib, ijrochi mamlakatdan chiqarib yuborildi.
Aziz Karimov


