Parijda narxlar oşişiga qarşi namoyişga qariyb 46 ming kişi çiqdi
7-noyabrda Parijda hayot qimmatligi oşişiga qarşi ommaviy namoyiş bölib ötdi: prefektura maʼlumotiga köra, unda qariyb 46 ming kişi qatnaşdi. Kasaba uyuşmalari va yoşlar taşkilotlari Respublika maydonidan Nasion maydonigaça yurdi, «sariq yeleklar» namoyişini esa hokimiyat taqiqladi. Butun mamlakat böylab qariyb 70 ming politsiyaçi jalb qilindi.
Otabek Yusupov