Markaziy bank Özbekistonda moliyaviy xizmatlar uçun «regulyator maydonçasi» qoidalarini yangiladi: uç yönaliş va reklameda majburiy belgi
Özbekiston Markaziy banki moliyaviy xizmatlar sohasidagi maxsus huquqiy rejim («regulyator maydonçasi») töğrisidagi yangi tahrirdagi nizomni tasdiqladi. Hujjat 2026-yil 19-oktabrda Adliya vazirligida röyxatga olingan va 2022-yil oktabrdagi nizomni almaştiradi. Iştirokçilar uç yönalişga — innovatsion, akseleratsion va texnologik hamkorlik yönalişlariga bölinadi; akseleratsiya rejimida sinov 12 oy bilan çeklanadi va 6 oygaça uzaytirilişi mumkin, qolgan yönalişlar uçun 3 yillik muddat saqlanadi. Maydonçada sinovdan ötayotgan xizmatlar reklamasida xizmat sinov rejimida körsatilayotgani körsatilişi şart; norezidentlar ham qatnaşa oladi.
Sevara Azamova