«Pari Sen-Jermen» «Lion»ni mag‘lub etib, Liga 1 jadvalida birinchi o‘ringa chiqdi
PSG «Park de Prensd»a «Lion»ni 2:0 hisobida mag‘lub etib, Liga 1da birinchi o‘ringa chiqdi va «Renn»dan bir ochko oldinda bo‘ldi. Klubdagi ilk golni zaxiradan maydonga chiqqan 21 yoshli belgiyalik Mika Godts kiritdi. O‘yin Parijdagi norozilik namoyishlari tufayli bir sutkaga surilgan edi, jamoa esa bir qancha jarohat olgan yetakchilarsiz o‘ynadi.
Otabek Yusupov