Toshkentda taxminan 100 ta maxsus texnika ko‘chalardagi changlanishni kamaytirish uchun suv purkamoqda
Poytaxt hokimiyati Toshkent ko‘chalarida changni cho‘ktirish va namlikni oshirish uchun taxminan 100 ta maxsus texnika jalb etilganini ma’lum qildi. Shu bilan birga favvoralar va sug‘orish tizimlari ishga tushirilmoqda. Chora-tadbirlar shahar mikroiqlimini yaxshilash va aholi uchun qulayroq sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan.
Aziz Karimov
