Olimlar birinchi marta malyariyali chivinning teri ostida qanday tishlashini batafsil qayd etdi
Tadqiqotchilar Anopheles coluzzii malyariyali chivinlarining sezgi a’zolariga mikroskopik elektrodlar ulab, tishlash jarayonini real vaqt rejimida yozib oldilar. Ular tishlashning besh bosqichini ajratib, malyariyali chivinlar teri ostidagi tomirni o‘rtacha Aedes aegypti chivinlariga qaraganda 17 soniya tezroq topishini aniqladi. Natijalar Science Advances jurnalida chop etildi.
Aziz Karimov