Buxoroda Malibu haydovçisi raqamlarni olib taşlab, 60 km/soat çeklovli köçada 201 km/soat tezlikka çiqdi
Buxoroda Malibu 2 haydovçisi davlat raqam belgilarini oldindan olib taşlab, ularni saloniga qöyib, 60 km/soat çeklov qöyilgan uçastkada 201 km/soat tezlikka çiqdi. Yölovçi safarni videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joyladi. Viloyat UBDD xodimlari haydovçi va avtomobilni aniqladi; huquqbuzar aybini tan oldi va puşaymonlik bildirdi. ÖzR Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 128-3-moddasi 4-qismi va 125-moddasi 5-qismi böyiça protokollar tuzildi, avtomobil ştraf maydonçaga yuborildi.
Otabek Yusupov
