«Uzbekneftegaz» va CNPC yoqilg‘ining uzoq muddatli yetkazib berish hamda M-25’dagi avariya oqibatlarini bartaraf etishni muhokama qildi
20-oktabr kuni «Uzbekneftegaz» Chjou Sinxuay boshchiligidagi Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi (CNPC) delegatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar ichki bozor uchun neft mahsulotlarining uzoq muddatli yetkazib berishini, qudrash va geologik-qidiruv sohasidagi hamkorlikni kengaytirishni, CNPC’ning Toshkentdagi vakolatxonasini ochish hamda M-25 konidagi avariya oqibatlarini bartaraf etishni, bu yerda yuklamani kamaytiruvchi quduqlar qazish rejalashtirilayotganini muhokama qildi.
Sevara Azamova
