Yamanda husiylar hujayrasi a’zolari deb gumon qilingan 13 kishi qurol kontrabandasi paytida hibsga olindi
Yaman xavfsizlik kuchlari husiylar hujayrasiga mansub deb gumon qilingan 13 shaxsni hibsga oldi hamda dengiz orqali Shabva viloyatiga kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan, qurol, o‘q-dorilar va portlovchi qurilmalar yuklangan yuk mashinasini musodara qildi. Operatsiya janglarning keskinlashuvi hamda gubernator ma’lumotlariga ko‘ra 77 kishining hayotini olib ketgan Tezkor aralashuv kuchlari lageriga raketa zarbasi berilishidan so‘ng o‘tkazildi.
Aziz Karimov












