Visa tadqiqoti: Özbekiston kiçik biznesi raqamli tölovlarni qabul qiladi, ammo faqat 37% integratsiyalaşgan platformalardan foydalanadi
Ipak Yuli Bank qöllab-quvvatlaşida Visa tomonidan Pay and Get Paid 2026 hisoboti uçun ötkazilgan sörov şuni körsatdiki, Özbekiston KMB raqamli tölovlardan faol foydalanadi, biroq tölovlarni va biznes boşqaruvini birlaştirgan integratsiyalaşgan yeçimlardan faqat 37% kompaniya foydalanadi. Şu bilan birga, 55% universal yeçimni jozibador deb biladi, bunday platformalardan foydalanuvçilar orasida qoniqiş darajasi 70% ni taşkil etadi.
Dilnoza Rahimova