Suriya Dero provinsiyasiga qilingan aviazarbalar sababli Iordaniyaga norozilik bildirdi
Suriya tashqi ishlar vazirligi Iordaniyaga oldindan muvofiqlashtirilmasdan berilgan zarbalar munosabati bilan e’tiroz bildirilganini ma’lum qildi. Dero sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, yetti kishi, jumladan uch nafar bola halok bo‘lgan. Iordaniya armiyasi zarbalarni Kerakdagi dafn marosimiga qilingan hujum bilan bog‘ladi; o‘sha hujumda to‘qqiz kishi halok bo‘lgan edi.
Aziz Karimov
