Qorako‘l tumanida 8 yoshli qizga nisbatan buzuq harakatlar bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Buxoro viloyati Qorako‘l tumani prokuraturasi 23-oktyabr kuni 2018-yilda tug‘ilgan qizga nisbatan buzuq harakatlar qilgan Sh. R. ismli fuqaroga qarshi O‘zR JK 129-moddasi 3-qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Voqea ijtimoiy tarmoqlarda video tarqalgandan keyin keng ma’lum bo‘ldi. Qizga ijtimoiy va psixologik yordam ko‘rsatilmoqda.
Aziz Karimov















