Toshkentda uch mexanik 66-marshrutdagi iflos avtobus uchun jarimaga tortildi
Telegramda Toshkentdagi 66-marshrut avtobusining sanitariya holati tanqid qilinganidan so‘ng «Toshshahartransxizmat» AJ tekshiruv o‘tkazdi. 205-sonli avtobus yuvildi va saloni dezinfeksiya qilindi, uch navbatchi mexanikga oylik maoshining 10 foizi miqdorida jarima solindi. «12-avtobus parki» filiali yo‘lovchilardan uzr so‘radi.
Sevara Azamova





