Intel data-markazlar protsessorlariga bo‘lgan talab fonida uchinchi chorakda daromad 21 foiz o‘sganini ma’lum qildi
Intelning uchinchi chorakdagi daromadi yillik hisobda 21 foizga o‘sib 16,5 mlrd dollarni tashkil etdi va kompaniya prognozidan yuqori chiqdi. Asosiy omil Data Center and AI segmenti bo‘ldi, bu yerda savdo 78 foizga o‘sdi — segmentning 15 yil ichidagi eng tez o‘sishi. Shu bilan birga, klient protsessorlari savdosi 5 foizga kamaydi, moliya direktori esa PK bozoridagi pasayish hech bo‘lmaganda 2027-yilning birinchi yarmigacha davom etishi haqida ogohlantirdi.
Otabek Yusupov