Los-Anjelesda Meta va Snap ustidan sud boshlanadi: bunday jarayonda birinchi marta javobgor Snap bo‘ladi
Los-Anjelesda chorshanbadan boshlab o‘smirlarga ijtimoiy tarmoqlar zarari haqidagi yangi ish bo‘yicha hakamlar hay’atini tanlash jarayoni kutilmoqda. Birinchi marta javobgorlar Metadan tashqari Snap ham bo‘ladi: TikTok va YouTube jarayon boshlanishidan oldin da’volarni sulh bilan hal qildi. Agar sulhlar tuzilmasa, 4-noyabrdan boshlab Zuckerberg, Mosseri va Spiegel ishtirokida tinglovlar o‘tadi.
Otabek Yusupov















