BMT komissiyasi: Isroil o‘t o‘chirish kelishuvidan keyin ham G‘azada genotsid harakatlarini davom ettirgan
BMT Inson huquqlari kengashi tomonidan tuzilgan mustaqil xalqaro tergov komissiyasi 26-oktabrda Isroil 2025-yil oktabrdagi o‘t o‘chirish kelishuvidan keyin ham G‘azada genotsid harakatlarini davom ettirgani bayon etilgan hisobotni taqdim etdi. Hisobot ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 10-oktabrdan 2026-yil 30-sentabrgacha Isroil zarbalari natijasida G‘azada 1431 kishi, jumladan kamida 300 bola halok bo‘lgan. Isroil komissiya xulosalarini rad etmoqda.
Otabek Yusupov










