Boykova va Kozlovskiy Fransiyadagi Gran-pri bosqichida kumush medal oldi
Rossiyalik juftlik Aleksandra Boykova va Dmitriy Kozlovskiy Fransiyadagi Gran-pri bosqichida ikkinchi o‘rinni egallab, ikki dastur yig‘indisi bo‘yicha 197,66 ball to‘pladi. G‘alabani 204,65 ball bilan gruziyalik Anastasiya Metelkina va Luka Berulava qo‘lga kiritdi, uchinchi o‘rinda 179,74 ball bilan nemislar Annika Xokke va Robert Kunkel bo‘ldi. Rossiyalik figurali uchuvchilar ISU qaroriga ko‘ra neytral maqomda chiqish qilmoqda.
Otabek Yusupov


