Litva Fridman va Usmanov aktivlarini milliy sanksiyalar doirasida muzlatganini e’lon qildi
Litva taşqi işlar vaziri Kestutis Budris Fridman va Usmanov aktivlarining milliy sanksiyalar doirasida muzlatilganini e’lon qildi. U sanksiya bosimi kuçaytirilişi va saqlanib qolişi kerakligini, oligarxlarning YI röyxatidan çiqarilişi «notöğri signal» ekanini ta’kidladi. Sentabr oxirida YI elçilari ularni sanksiya röyxatlaridan çiqarişga kelişgan, ammo ittifoq 3 ming kompaniya va şaxsga nisbatan sanksiyalarni birinçi marta uç yilga uzaytirdi. Usmanov uçun Fransiya va Slovakiya, Fridman uçun Lyuksemburg murojaat qilgan edi.
Aziz Karimov