Mirziyoyev paxta rejasining 101% bajarilgani haqida ma’lum qildi: «raqamlar öziga maqsad bölmasligi kerak»
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 21 oktyabrda Qaşqadaryo viloyatida tadbirkorlar bilan uçraşuvda paxta terimi rejasi 101% bajarilganini ma’lum qilib, miqdoriy körsatkiçlar öziga maqsad emasligini ta’kidladi. Qişloq xöjaligi vazirligi ma’lumotiga köra, 22 oktyabrga qadar 4,63 mln tonna xomaşyo paxta terilgan (rejaning 103%). Davlat buyurtmasi 2020-yilda bekor qilingan, biroq tarmoqda rejalaştirilgan körsatkiçlar saqlanib qolgan, bu inson huquqlari himoyaçilari tomonidan tanqid qilingan.
Sevara Azamova