BMT: kelayotgan El-Niño kuçining misli körilmagan bölişi mumkin, gumanitar tizim yolğiz boşiga bardoş bermaydi
Jahon meteorologiya taşkiloti (WMO) va BMTning gumanitar masalalar böyiça muvofiqlaştiriş boşqarmasi hozirgi El-Niño oxirgi 40 yillik kuzatişlar şkalasidan oşib ketişi mumkinligi haqida ogohlantirdi: Tinç okeanining tropik qismida okean sirti harorati 2026-yil noyabr — 2027-yil yanvar davrida normadan 3,8°C ga kötarilişi mumkin. BMT hisob-kitobiga köra, 50 milliongaça odam oçlik kuçayişi xavfiga duç kelişi mumkin. 11 mamlakatda tayyorgarlik uçun 50 million dollardan ortiq mablağ ajratilgan; idoralar rahbarlari yaqin kelgusida zudlik bilan oldindan çoralar körişga çaqirdi.
Sevara Azamova
