Efiopiya Tigraydagi keskinlashuv fonida Rossiyadan 12 ta Su-35 qiruvchi samolyotini oldi
Efiopiya Rossiyadan 12 ta Su-35 qiruvchi samolyotini muddatidan oldin qabul qib oldi va to‘rtta S-400 tizimini sotib olishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Bosh vazir Abiy Ahmed bitimni «tarixiy bosqich» deb atadi va mamlakat Sahroi Kabirdan janubdagi Afrikada bunday jangovar texnikaga ega bo‘lgan birinchi davlat bo‘lganini aytdi. Yetkazib berish Tigraydagi yangi to‘qnashuv va Eritreya bilan taranglikning kuchayishi fonida amalga oshdi.
Aziz Karimov







