Toşkent viloyatida 2,18 kg opiyni 20 ming dollarga sotişga urinayotgan ikki çet ellik qölga olindi
Özbekiston Davlat xavfsizlik xizmati qöşni davlatning ikki fuqarosini 2,18 kg opiyni şartli xaridorga 20 ming dollarga sotişga urinayotgan holda qölga olinganini ma’lum qildi. Idora ma’lumotiga köra, 54 va 50 yoşli erkaklar giyohvand moddani mamlakatga çetlab ötiş yöllari bilan noqonuniy olib kirgan. Jinoyat işi qözğatildi, tergov olib borilmoqda. Qölga olinganlarning fuqaroligi oşkor qilinmagan.
Otabek Yusupov