Financial Times Qora dengizni dunyodagi eng xavfli suzish yo‘nalishi deb atadi
Financial Times, kema egalariga va dengiz uyushmalariga tayanib xabar berishicha, Qora dengiz 2026-yilda Fors ko‘rfazidan ham xavfliroq bo‘lib qolgan: 570 dan ortiq hodisa va kamida 40 dengizchining halokati qayd etilgan. Sabablar orasida Ukrainaning Rossiya kemalariga hujumlari va bunga javoban Ukraina portlariga qilingan zarbalar atalmoqda. Turkiya tomonlarga hududda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha takliflarini yetkazgan.
Aziz Karimov