Uitkoff Tramp nomidan Peterburgdagi muzokaralarda Putinga dizel bitimi uchun rahmat aytdi
AQSH prezidentining maxsus elchisi Stiven Uitkoff Peterburgdagi Konstantinovskiy saroyida Vladimir Putin bilan uchrashuvida dizel yoqilg‘isi eksportiga qo‘yilgan sanksiyalar bekor qilingani uchun Donald Tramp nomidan Rossiya rahbariga rahmat aytdi. Life.ru ma’lumotlariga ko‘ra, bitim doirasida Rossiya AQSHga va jahon bozoriga 300 ming tonnadan ortiq dizel yoqilg‘isi yetkazib beradi, yana 500 ming tonna — noyabrda, million tonna esa keyinroq yetkaziladi.
Javlon Tursunov
