Sergey Lavrov Bahraynga Fors ko‘rfazi hamkorlik kengashi bilan Rossiya — XKK strategik muloqotining to‘qqizinchi raundida qatnashish uchun keldi
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Manamaga keldi, bu yerda Bahrayn Tashqi ishlar vazirlari darajasida Rossiya — Fors ko‘rfazi hamkorlik kengashi (XKK) strategik muloqotining to‘qqizinchi uchrashuvini o‘tkazadi. Oldingi raund 2025-yil sentyabrda Sochida bo‘lib o‘tgan. Rossiya TIB rasmiy vakili Mariya Zaxarova so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy masalalarning keng doirasi bo‘yicha fikr almashish rejalashtirilgan, Lavrov shuningdek forum doirasida uchrashuvlar o‘tkazadi.
Otabek Yusupov





