Şavkat Mirziyoyev özbek tili kuni tabrigida davlat tili rivojlantiriş böyiça vazifalarni belgilab berdi
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 21-oktabr xalqni özbek tili bayrami bilan tabrikladi. Tabrikda u ta’lim sifati, rasmiy hujjatlarning tuşunarli bölişi, özbek tilida fan va terminologiyaning rivojlanişi, tilning raqamli muhitda qöllanilişi va sun’iy intellekt roli masalalariga töxtaldi. Şuningdek, şu kunda, «Gazeta» ma’lumotlariga köra, prezident özbek alifbosini lotin yozuviga asoslangan holda takomillaştiriş töğrisidagi qonunni imzoladi.
Javlon Tursunov


