Ukrainada harbiy komissariatğa taşrif buyurganidan keyin ğoyib bölgan Çerkasi viloyati aholisi ölik holda topildi
Oliy rada inson huquqlari böyiça vakili Dmitriy Lubinetsning ma'lumotiça, avgust oyida uyidan 140 km uzoqdagi harbiy komissariatğa yetkazib berilganidan keyin ğoyib bölgan Zolotonoşa aholisi uyidan 120 km uzoqda ölik holda topildi. Ombudsmanning aytişiça, erkakda epilepsiya xuruji bölgan, biroq u harbiy xizmatğa yaroqli deb topilib, hujum brigadasiga yuborilgan, biroq bölinma uni qabul qilmagan. Jinoiy iş qözğatilgan.
Otabek Yusupov