Galp va Moeve qayta ishlash va sotuv biznesini birlashtirish bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi
Portugaliyaning Galp kompaniyasi Mubadala va Carlyle’ga tegishli bo‘lgan ispaniyalik Moeve bilan downstream biznesini birlashtirish bo‘yicha bir necha oy davom etgan muzokaralarning buzilganini tasdiqladi. ECO ma’lumotiga ko‘ra, bitim Paula Amorimning ispan tomoni talablariga rozi bo‘lmagani tufayli buzilgan. O‘sha kuni Galp uchinchi chorakda sof foydasi 68 foizga o‘sib, 682 million yevroga yetganini ma’lum qildi.
Otabek Yusupov