AQŞ senatori Şats İsrailni suv bosgan Gazzaga gumanitar yordam kiritişga çaqirdi
Demokrat senator Brayan Şats Gazzadagi suv toşqinidan söng AQŞ Senatida çiqiş qildi: uning sözlariga köra, hafta oxiri davomida 70 mingdan ortiq çodir suv ostida qolib, uç bola va bir ayol — jami tört kişi halok bölgan. U qutqariş uskunalari, quriliş materiallari va qişki taʼminotlarni zudlik bilan kiritişga ruxsat berişni talab qildi hamda Donald Trampga boğliq Tinçlik kengaşining İsrail javobini «yetarli emas» deb baholagan xulosasiga işora qildi.
Otabek Yusupov