Transport vazirligi: kabinalarda haydovchisiz to‘liq boshqariladigan furalar 2028-yilga kelib yo‘llarga chiqadi
Transport vaziri Andrey Nikitin Davlat dumasi nutqida 2028-yilga kelib kabinalarida odamsiz yuk mashinalarini umumiy foydalanish yo‘llariga chiqarishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Hozirda KamAZ, «Yandex» va Navio kompaniyalarining boshqariladigan furalari nazorat uchun odam bilan eksperimental rejimda M-11, M-4, M-12 va TsKAD yo‘llarida harakatlanmoqda. Yangi bosqichga o‘tish uchun Transport vazirligi yuqori avtomatlashtirilgan transport vositalari haqidagi qonun loyihasini tayyorladi.
Javlon Tursunov