Isroilning arab partiyalari: yuqori faollik Netanyahu blokiga ko‘pchilikka erishishga imkon bermadi
Birlashgan arab ro‘yxati arab saylovchilarining ommaviy qatnashishi Binyamin Netanyahu blokining Knessetda 61 mandat to‘plashiga to‘sqinlik qilganini ma’lum qildi. Channel 12 prognozlariga ko‘ra, uning bloki 53 o‘rin, Gadi Eyzenkot boshchiligidagi muxolifat 48, arab partiyalari esa 19 o‘rin olmoqda. 500 mingdan ortiq maxsus byulleten hali sanalmagan.
Otabek Yusupov