«Arnab» sikloni Hindiston qirg‘og‘iga chiqdi: taxminan 100 ming kishi evakuatsiya qilindi, qurbonlar bor
«Arnab» sikloni Andxra-Pradesh shtatiga «juda kuchli siklonik bo‘ron» sifatida zarba berdi. Hokimiyat Andxra-Pradesh va Odishada o‘n minglab aholini evakuatsiya qildi, boshpanalar va tibbiy brigadalar tayyorlandi. AFP ma’lumotlariga ko‘ra, kamida uch kishi halok bo‘lgan, 31 uy zarar ko‘rgan; bo‘ron mamlakat ichkarisiga harakatlanayotganda kuchsizlanmoqda.
Aziz Karimov

