Antarktidadagi bo‘g‘oz BBCning sobiq ilmiy muxbiri Jonatan Amos sharafiga nomlandi
Britaniya antarktika hududi geografik nomlar qo‘mitasi Rotschild oroli va Aleksandr Yeri o‘rtasidagi bo‘g‘ozga Amos Channel nomini berdi. Nom, orollarni bog‘lab turgan muz massivi buzilgandan keyin paydo bo‘lgan bo‘g‘ozga tegishli. Amos BBCdagi 38 yillik faoliyati uchun e’tirof etildi — u antarktika tadqiqotlarini, aysberglarni, pingvinlar koloniyalarining taqdirini va «Endurance» kemasining topilganini yoritib bordi.
Otabek Yusupov


